French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shqo‘pir tumaniga yangi hokim tayinlandi
17:43 / 2023-04-01

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga  ilgari iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Egamov Boburbek Davlatnazarovich nomzodini tavsiya etdi. Muzokarada so‘zga chiqqanlar nomzodni yakdillik bilan qo‘llab- quvvatladi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Egamov Boburbek Davlatnazarovich Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.  Sessiyada viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov so‘zga chiqib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, bu borada ishlab chiqilgan "Yo‘l xaritasi" ijrosini ta’minlash bo‘yicha galdagi vazifalarni belgilab berdi.

Axmadjon Shokirov, O‘zA