Qo‘shni uch davlat vakillari chegaralarining tutash nuqtasini belgilash masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston hukumat delegatsiyalari davlat chegaralarining tutashgan joylarini belgilash masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti ma’muriyatining axborot siyosati xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, 25-29 aprel kunlari Botkentda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Muzokaralar chog‘ida tomonlar uch mamlakat davlat chegaralarining tutashuv nuqtasini belgilash masalasi bo‘yicha fikr almashdi. Ta’kidlanishicha, uchrashuv do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tgan.
Natijada tomonlar navbatdagi muzokaralarni Tojikiston hududida o‘tkazishga kelishib oldi.
O‘zA