Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shni davlatdan kontrabanda qilingan narkotik modda poytaxtga yetib bormadi
08:11 / 2025-12-11

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Andijon viloyatining Bo‘ston tumanidagi yo‘l-patrul xizmati maskanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, "Andijon – Toshkent" yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda to‘xtatilib tekshirilganda, uni boshqarib ketayotgan, Andijon shahrida yashovchi, 1984 y.t. J.R.ga tegishli 2 kg 994 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi hisoblangan, 1993 y.t. G‘.N. ham qo‘lga olindi. 

Aniqlanishicha, ular Qirg‘iz Respublikasidagi narkosavdogarlardan 23 ming AQSH dollariga sotib olinib, kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga keltirilgan giyohvandlik vositasini Toshkent shahrida sotmoqchi bo‘lishgan. 

Hozirda og‘ufurushlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlar olib borilmoqda.