Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shni davlat pillachilik sohasida O‘zbekiston tajribasi joriy etiladi
18:51 / 2022-01-20

Tojikiston Respublikasi "Tojik pilla" tashkiloti rahbari Nazirsho Nazarov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Farg‘ona viloyatidagi "Nurli tong silk" MCHJ pillachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lumki, mamlakatimizdagi pillachilik sohasini rivojlantirishda Farg‘ona viloyati pillakorlarining ham mehnati beqiyos. Jumladan, birgina o‘tgan yilning o‘zida viloyatdagi ipak qurti urug‘chiligi korxonalari tomonidan jami 41 ming quti ipak qurtlari parvarishlanib, 2 ming tonnadan ortiq tirik pilla yetishtirildi. Pilla yetishtirish mavsumlarida korxonalar tomonidan 42 milliard so‘m mablag‘ aholiga pilla xarid qilish uchun berildi.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda pillachilik klasterlarining faoliyati, davlat tomonidan soha investorlariga yaratilgan shart-sharoitlar, subsidiyalar, xususan, 2022 yildan 2025 yilga qadar har bir kilogramm yetishtirladigan pilla xomashyosi uchun aholiga 5 ming so‘mdan subsidiya ajratilishi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mehmonlarga ipak qurti urug‘i ishlab chiqarishdan boshlab ipakli tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq jarayonlar ko‘rsatildi. Viloyatdagi pillani qayta ishlash korxonalari faoliyati ham o‘rganildi.

Uchrashuv so‘ngida kelgusida Tojikistonda pillachilik sohasida O‘zbekiston tajribasini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA