Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayollarga nisbatan chora ko‘rildi
12:42 / 2020-11-22

Navoiy shahar sudining ochiq sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyasi S.Boltayev raisligida K.Najimova va A.Ahrorovaga (ism-familiyalar o‘zgartirildi) nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Har birining 3 va 2 nafar farzandi bo‘lgan bu ikki sudlanuvchi shaxsiy manfaatdorlik, mehnatsiz tekin foyda ko‘rish istagida qonunlarni mensimasdan va farzandlariga yaxshi tarbiya, o‘rnak bo‘lish o‘rniga sodir etgan qora qilmishi uchun qora kursida o‘tirib qilmishiga yarasha javob berishiga to‘g‘ri keldi.

K.Najimova 1982 yil Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug‘ilgan, hozirda oilali va 3 nafar farzandning onasidir. Shuningdek, A.Ahrorova 1964 yil Navoiy shaharda tug‘ilgan, 2 nafar farzandi bor. Ular fohishaxona tashkil etish maqsadida o‘zlari vaqtincha ijarada yashab kelayotgan Navoiy shahridagi xonadonlarning birida  S.L., N va boshqa shaxslar uchun turli miqdordagi pullar evaziga sharoit yaratib berib, qo‘shmachilik qilib, fohishaxona tashkil etishgan.

Bundan tashqari, ular o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, K.Najimovaning vaqtincha ijarada yashab turgan xonadonida B.Sh. va A. uchun turli miqdordagi pullar evaziga sharoit yaratib bergan.

Ular shu va boshqalarga sharoit yaratib berib, qilmishlarini davom ettirishgan.

Sud majlisida sudlanuvchi K.Najimova va A.Ahrorova ayblariga to‘liq iqrorligini, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini aytgan.

Sud K.Najimova va A.Ahrorovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, ayblanayotgan modda sanksiyasi nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam qismidan ham kamroq ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

S.Boltayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha

Navoiy shahar sudi sudyasi