English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantirish maqsadida TIKA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
11:58 / 2025-11-21

Yurtimiz oliy o‘quv yurtlarida xalqaro hamkorlik orqali talabalarning bilim va tajribalarini boyitish yo‘lida dadil qadamlar tashlanmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Turkiyaning Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Ajar Ergin bilan uchrashdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oliy ta’limda qo‘shma loyihalar, malaka oshirish dasturlari va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha amaliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Nigora Rahmonova, O‘zA