French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida talabalar yakuniy imtihonlarni Qozon Federal universitetida topshirishadi
15:11 / 2022-02-03

Ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida so‘nggi yillarda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari ta’lim sohasi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda. Shunday hamkorlik O‘zbekiston Milliy universiteti va Qozon Federal universiteti o‘rtasida tashkil etilgan.

Joriy yilning 2 fevral kuni O‘zMU O‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturiga muvofiq, Geodeziya va geoinformatika yo‘nalishining 4-bosqich talabalari 7-semestr yakuniy imtihonlarini topshirish, amaliyotga tayyorgarlik ko‘rish hamda Qozon Federal universitetidan biriktirilgan ilmiy rahbarlari bilan bevosita bitiruv malakaviy ishlari ustida ishlash maqsadida Qozon shahriga jo‘nab ketishdi.

Talabalar O‘zMU O‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturiga muvofiq, 3 yil O‘zMUda, 1 yil QFUda tahsil olishadi.

Dasturga ko‘ra, o‘qish davri 4 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, «3+1» formatda tashkil etilgan. Darslar rus tilida hamkor universitetlar tomonidan tuzilgan ta’lim dasturi asosida olib boriladi. Dasturga muvofiq, o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan talabalarga O‘zbekiston Milliy universiteti va Qozon Federal universitetlarining ikki tomonlama (Double Degree) diplomlari beriladi.

Tabiiyki, qo‘shma diplom (Double Degree) sohiblari o‘z sohalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida karera qilish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

2021 yil sentyabr oyidan  Rossiyada karantin tartib-qoidalari kuchaytirilganligi sababli 7-semestr o‘quv jarayoni onlayn tarzda olib borildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturi  2018-2019 o‘quv yilida "TOP UNIVERSITIES" tasnifiga ko‘ra, nufuzli 500 ta oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Qozon Federal universiteti (QFU) va O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) hamkorligidagi qo‘shma dastur sifatida tashkil etilgan.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA