English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 800 million dollar sarflamoqchi
12:47 / 2025-12-09

AQSH qonun chiqaruvchilari mamlakat harbiy sohasi va Ukrainaga yordam uchun rekord darajadagi xarajatlarni o‘z ichiga olgan mudofaa siyosati to‘g‘risidagi qonun loyihasining yakuniy matnini taqdim etdi.

“Reuters” axborot agentligi xabar berishicha, qonun loyihasida 2026 moliya yili uchun harbiy xarajatlarga 901 milliard dollar ajratilgan. Bu miqdor AQSH prezidenti Donald Trampning shu yil may oyida so‘raganidan 8 milliard dollarga ko‘p.

– Qonun loyihasi Ukraina xavfsizligiga yordam berish tashabbusini moliyalashtirishni 2026 va 2027 moliya yillari uchun yiliga 400 million dollarga uzaytiradi, -deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, AQSH Kongressi Yevropalik hamkorlarning Kiyevni qanday qo‘llab-quvvatlayotganini kuzatish uchun ittifoqchilarning Ukrainaga qo‘shgan hissalari haqida tez-tez hisobot berishni talab qiladi.                       

G.Sattorova, O‘zA