Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi bayonot bilan chiqdi
19:21 / 2024-12-13

Moskva Yamanning “Ansorulloh” guruhi bilan aloqada ekani, Isroil va uning ittifoqchilariga qarshi amaliyotlarida unga yordam berish uchun qurol jo‘natayotgani AQSHning g‘azabini qo‘zg‘atdi.

– Biz Rossiyaning husiylar bilan faol ravishda aloqaga kirishayotgani va qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasini muhokama qilayotgani haqida xavotirli dalillarga guvoh bo‘ldik, – dedi Amerikaning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild. – RF qurolli kuchlari Ukrainadagi nizo uchun ham yuzlab yamanliklarni yollaganidan xabarimiz bor.

Grinfild AQSHning Isroilga moliyaviy va harbiy yordamini tilga olmadi, Eronni esa Yaman qarshilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

– Qo‘shma Shtatlar Yaman portlariga yo‘l olgan kemalarni tekshirish va Erondan husiylarga qurol oqimini kamaytirishga yordam beruvchi BMTning Monitoring salohiyatini qo‘llab-quvvatlaydi, -dedi u. 

Musulmon Ziyo, O‘zA