Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shma Shtatlar migrantlar ustidan nazorat dasturini kengaytirdi
14:50 / 2025-12-01

AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) migrantlarni nazorat qilish dasturi byudjetini 180 million dollardan 280 million dollargacha oshirdi.

Ta’kidlanishicha, pudratchilar, jumladan, xususiy tergovchilar, deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan shaxslarning turar joylari va ish joylarini tekshiradilar. Usullar ularning turar joylarini suratga olish, kundalik ishlarini hujjatlashtirish va ish faoliyatini kuzatishni o‘z ichiga oladi.

Dasturning kengayishi Tramp ma’muriyatining migrantlarga qarshi qattiq choralari, masalan, hujjatsiz chet elliklar uchun federal soliq imtiyozlarini bekor qilish, 19 mamlakat fuqarolari uchun “yashil karta”larni qayta ko‘rib chiqish va AQSH prezidentining barcha “uchinchi dunyo” mamlakatlaridan immigratsiyani “doimiy ravishda to‘xtatib turish” tashabbusi bilan bir vaqtda amalga oshirildi.

S.Rahimov, O‘zA