Asror Maxmanazar o‘g‘li YUSUPOV dotsent v.b. “INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE” instituti Toshkent, O‘zbekiston asroryusupov14011992@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada qo‘shma korxonalarda xususiy kapital hisobi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS/ IFRS) talablari asosida tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Suningdek xususiy kapitalning tarkibiy qismlari – ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, rezerv kapitali va kapitalning boshqa komponentlarining mazmuni hamda ularning MHXS bo‘yicha e’tirof etilishi hamda baholanishi tahlil qilingan. Ta’sischilar bilan o‘zaro hisob-kitoblar, dividend siyosati, kapitalga oid operatsiyalarni to‘g‘ri aks ettirishning moliyaviy hisobotning haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan.
Tayanch so‘zlar: xususiy kapital, aksiya, obligatsiya, dividend, emission daromad, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda, investor, aksiyador.