Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shma investitsiya loyihalari muhokama qilindi
16:05 / 2026-01-26

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Koreya va Yaponiyaga amalga oshirilgan safari davomida Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Malayziyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va sirdaryolik va malayziyalik tadbirkorlar ishtirokida “Sirdaryoda biznes qiling!” shiori ostida biznes-forum tashkil etildi. Forumda investitsiyaviy hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Viloyat hokimining dastlabki uchrashuvi Amli Mountain (M) Sdn. Bhd. kompaniyasi ta’sischisi Jayasimman Jayasing bilan bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida raqamli texnologiyalar, tibbiyot va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi, u Sirdaryo viloyatining investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri