Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shimcha tibbiy xizmatlarga oilaviy shifokor yo‘llanmasisiz borilsa, pulli xizmat ko‘rsatiladi(+video)
12:16 / 2026-01-13

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasidan ko‘zlangan maqsad aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmidan ortiqcha tibbiy yordam va boshqa xil qo‘shimcha xizmatlar, shuningdek, oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasi yo‘llanmasisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilinganda, pulli asosda tibbiy yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.

—  Agar biror shaxs o‘z hududiga qarashli oilaviy poliklinika yoki qishloq vrachlik punktidan boshqa birlamchi tibbiyot muassasasiga bormoqchi bo‘lsa, oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasi yo‘llanmasini olmasdan borsa, pulli asosda tibbiy yordam olishi mumkin, — deydi fraksiya a’zosi Azizbek Akbarov. — Bu tartib chekka hududlardagi oilaviy poliklinika yoki qishloq vrachlik punktlarini yanada qulay sharoitlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rishiga olib keladi. Eng muhimi, aholiga qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi.  

Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan  tibbiy  yordam  va  boshqa  xil  qo‘shimcha  xizmatlar tartibga solinadi. Shuningdek, qonunchilik talablariga mos kelmaydigan shaxslarning tibbiy va farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanishining oldi olinadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/TxLLv-L9ojI?si=D155xqoHBoaRaTn4" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,  

Oybek Davronov(video),  

O‘zA