English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shimcha mablag‘lar ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi
18:23 / 2022-12-28

Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ham ma’qullandi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini kengaytirish, shuningdek, 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmay qoladigan ayrim xarajatlarini maqbullashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari prognozi va xarajatlari miqdorlari hamda 2022 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori – qo‘shimcha xarajatlar va o‘zlashtirilmay qoladigan ayrim xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga ijtimoiy sohaga 8,7 trillion so‘m – shundan ta’lim sohasiga 1,4 trillion so‘m, sog‘liqni saqlash sohasiga 0,5 trillion so‘m, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga 6,2 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, mahallalardagi aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga 3,7 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

O‘zA