O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Unga muvofiq, quyidagi kunlar qo‘shimcha dam olish kunlari qilib belgilandi:
a) 2025 yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31 dekabr - chorshanba;
b) 2026 yilda:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):
yanvar - juma, 28 may - payshanba, 29 may-juma, 31 avgust - dushanba;
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
yanvar - shanba, 30 may - shanba, 31 dekabr - payshanba.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
a) ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi 8 mart-Xotin-qizlar kuni bayrami 2026 yilda yakshanba - dam olish kuniga va 21 mart - Navro‘z bayrami hamda 9 may - Xotira va qadrlash kuni bayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba - dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026 yil 9 mart, 23 mart va 11 may - dushanba kunlariga ko‘chiriladi;
b) ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026 yilda 12 dekabr - shanba kunidan 31 dekabr - payshanba kuniga ko‘chiriladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:
a) Turizm qo‘mitasi va Madaniy meros agentligi turizm namoyishi ob’ektlari (madaniy meros ob’ektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar beriladi hamda aksiyalar o‘tkazilishi tashkil etiladi;
b) O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sog‘lomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar o‘tkaziladi;
v) "Uzbekistan Airways" AJ va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etiladi.
Ushbu Farmon 2027 yil 1 yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zA