Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
12:54 / 2026-01-06

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, tovarlarni aynan bitta yetkazib berish zanjiri bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi 2026 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi. 

Qaror bilan Elektron disobvarak-fakturalarning xavf darajasini aniqlash va ularda aks ettirilgan operatsiyalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

O‘n besh kun muddatda: 

elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish imkonini beruvchi dastur ishlab chiqiladi hamda ushbu dastur doimiy takomillashtirib boriladi; 

soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida elektron hisobvaraq- fakturalarning xavf darajasini aks ettirgan holda to‘lov hujjatlarini shakllantirish va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq majburiyati bajarilishini nazorat qilish funksiyasi yaratiladi;

ushbu mexanizmni qo‘llash masalalari, uning zarurati va lozim darajada ehtiyotkorlik qilishdagi ahamiyati to‘g‘risida soliq to‘lovchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi. 

Mazkur Nizom elektron hisobvaraq-fakturalarning (xizmatlarni) aynan bitta yetkazib berish zanjiri bo‘yicha xavf darajasini baholash, ularni tegishli toifalarga ajratish tartibini, shuningdek, xavf darajasiga karab EHFlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va hisobga olish xususiyatlarini belgilaydi. 

Nizomning amal qilishi faoliyat turi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar, QQS to‘lovchisi bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan EHFlar tizimida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan barcha EHFlarga nisbatan tatbiq etiladi.

O‘zA