Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish muddati qisqartirilib, o‘tgan bir yil ichida 6 mingta korxonaga 20 trillion so‘m qaytarib berildi
12:36 / 2023-08-18

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Qayd etilganidek, o‘tgan yilgi takliflar asosida biznes sub’ektlari mikro, kichik, o‘rta va yirik toifalarga bo‘lindi va ularning har biri bilan alohida yondashuvlar asosida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.  

Tuman va shaharlar ham 5 ta toifaga ajratildi, 60 ta tumanga alohida soliq, kredit va moliyaviy yordam rejimlari joriy qilindi.  

Natijada bu tumanlardagi tadbirkorlar o‘tgan olti oyda qariyb 1 trillion so‘mlik imtiyozlardan foydalandi.  

Buning hisobiga, 20 ta tumandagi tadbirkorlarning daromadi o‘tgan yilga nisbatan 1,5-2 baravargacha oshdi.  

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish muddati qisqartirilib, o‘tgan bir yil ichida 6 mingta korxonaga 20 trillion so‘m qaytarib berildi.  

Ayniqsa, eksportdan valyuta tushumini kutmasdan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini intizomli eksportchi korxonalarga qaytarib berish tartibi joriy qilingani natijasida 2 mingdan ziyod tadbirkor hisob-raqamiga 7 trillion so‘m kelib tushdi.  

Samarasiz soliq mexanizmlarini qo‘llash oqibatida vujudga kelgan soliq qarzdorligidan voz kechilgani hisobiga, biznes ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi.  

 

O‘zA