English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoshg‘ar–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda
18:25 / 2026-01-13

Xitoyning Qoshg‘ar shahridan poytaxt Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi aviaqatnovi bo‘yicha birinchi reys 14 yanvar kuni amalga oshiriladi. Ilk parvoz 180 o‘rinli Airbus A320 samolyotida amalga oshirilib, reyslar haftasiga bir marta qatnaydi.

Xitoyning “Sinxua” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur aviayo‘nalish O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi gumanitar almashinuv hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangi yo‘nalish avval boshqa shaharlar orqali amalga oshirilgan safarlar vaqtini sezilarli qisqartiradi. Shuningdek, 2025 yil 1 iyundan kuchga kirgan vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar kengayishi sayyohlik hamda ishbilarmonlik safarlari soni oshishiga turtki bo‘lmoqda.

Statistikaga ko‘ra, Xitoydan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi so‘nggi yillarda izchil o‘sib bormoqda. Ekspertlar Qoshg‘ar–Toshkent aviaqatnovi bu ijobiy tendensiyani yanada mustahkamlashini ta’kidlamoqda.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA