English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorovulbozorda “Ombudsman maktabi” loyihasi
11:16 / 2023-11-18

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida o‘tkazildi. Unda “Imom Buxoriy”, “Tinchlik” va “Cho‘lquvar” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan aholi vakillari qatnashdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nazir Sobirov va boshqa mas’ul idoralar vakillari ishtirokchilarni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, aholini ijtimoiy himoya qilish, ekologiya va atrof muhit muhofazasi hamda bepul yuridik xizmat ko‘rsatish borasidagi islohotlar bilan tanishtirdi.  

Shu bilan birgalikda ushbu hududlardan ombudsmanga yuborilgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

[gallery-14648]

–O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan, – deydi  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, ombudsmanning mintaqaviy vakili Abira Xuseynova. -Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Chunki, ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan e’tiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar bo‘yicha fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida Ombudsman mintaqaviy vakilining fuqarolar qabuli ham tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir yakunida Qorovulbozor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi ham bo‘lib o‘tdi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),

O‘zA muxbirlari