Xitoyning Xefey Fan va texnologiya universiteti olimlari insonlarga qorong‘uda ko‘rish imkonini beruvchi yangi infraqizil kontakt linzalarni ishlab chiqdi.
Linzalar tarkibidagi nanozarrachalar (oltin, natriy gadoliniy ftorid, itterbiy va erbiy ionlari) infraqizil nurlarni ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘likka aylantiradi. Ular 800–1600 nanometr oralig‘idagi to‘lqin uzunliklarini uchta asosiy rangga o‘girib, tasvirni inson ko‘ziga sezilarli qiladi.
Avval texnologiya sichqonlarda sinovdan o‘tkazilib, ular qorong‘uda harakatlana olgani aniqlangan. Keyin invaziv bo‘lmagan, ya’ni in’eksiya talab etmaydigan linzalar ishlab chiqilib, odamlar ustida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan — ular qorong‘uda harflar va infraqizil signallarni taniy olgan.
Shuningdek, linzalar yopiq ko‘z bilan ham ishlaydi, chunki infraqizil nurlar ko‘z qovoqlaridan o‘tadi. Hozircha ular tungi ko‘rish ko‘zoynaklari darajasida samarali emas, ammo bu texnologiya inson ko‘rish qobiliyatini sezilarli darajada kengaytirish sari muhim qadam bo‘ldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fNaSFJMkelU" title="Qorong‘uda ko‘rish imkonini beruvchi kontakt linzalar yaratdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA