Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorni ko‘rish uchun odamlar daryo bo‘lib oqmoqda!
16:26 / 2020-12-28

Xitoyning Sichuan shahridagi Meishan “Wawu” tog‘ turizmi majmuasi manzarali joylarini boshqarish qo‘mitasi navbatdagi yangiliklarni e’lon qildi.

 Xabarda sayyohlar soni muttasil o‘sib borishi bilan tabiiy zonalar tashkil qilish va xizmat ko‘rsatish sifati tushib ketgan. Natijada sayyohlarning kanat yo‘liga chipta olish uchun uzoq vaqt navbat kutishi, mashinalar harakati bilan bog‘liq qiyinchiliklar oqibatida tashrif buyuruvchilar shikoyati ortgan. Shu bilan birga ziyoratchilar ko‘nikmasi, tajribasi pastligi ham aytilgan.

Sayyohlar tomonidan taqdim etilgan bir necha videorolikda majmuaning kirish qismida 1 kilometrdan ortiq uzunlikda tirbandlik yuzaga kelgani aks etgan. Turistlar tog‘dagi sovuq, muzli shamol va qor ostida uzoq vaqt davomida saf tortishga majbur bo‘lishmoqda.

"Toqqa ko‘tarilish uchun 3 soatdan ortiq navbatda turish, tog‘dan tushishda kun qoraygunga qadar yana tirbandlik... Axir, bunga chidash mumkinmi?", - deydi Peng ismli sayyoh. Ba’zilar esa dam olish kunlarida tog‘ cho‘qqisini zabt etish eng yaxshi tanlov, deyishmoqda.