Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorli-qurovli qish uchun izchil tayyorgarliklar ko‘rilmoqda
20:17 / 2025-10-24

Jizzax viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Bu jarayonda aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash asosiy vazifalardan hisoblanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan G‘allaorol tumanida yangi izolyatsiyalangan SIP kabellar tortilmoqda, temir-beton ustunlar o‘rnatilib, eski uzatish tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda. Bu ishlar nafaqat mavsumiy tayyorgarlik, balki uzoq muddatli barqaror ta’minotni ta’minlashga qaratilgan.

Mutaxassislar tomonidan temir ustun ishlab chiqarish sexida mahsulot sifati, mehnat xavfsizligi va yetkazib berish jarayonlari o‘rganildi. Ishchilar uchun zarur texnika vositalari hamda himoya anjomlari bilan ta’minlangan zamonaviy ish sharoiti yaratilgani kuzatildi.

Prezidentning 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyatdagi 58 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida katta hajmdagi qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida jami 10 ming 491 dona temir-beton ustun, 398,3 kilometrlik elektr uzatish tarmog‘i va 136 ta transformator punkti o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Hozirga qadar 40 milliard 95 million so‘mlik ishlar bajarilib, 47 ta ob’ektda montaj ishlari yakunlangan, yana 11 ta ob’ektda qurilish ishlari izchil davom etmoqda. Umuman, 9934 dona temir-beton ustun va 538,3 kilometr elektr tarmog‘i yangilanib, 136 ta transformator punkti foydalanishga topshirildi.

Bu ishlar natijasida aholi turmush sharoiti va elektr ta’minoti sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Eng muhimi, bugun qilingan mehnat kelayotgan qish mavsumini yorug‘ va barqaror o‘tkazishga zamin yaratmoqda.

A. Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA