FOTOREPORTAJ
Sovuq va qorli qish kunlari ijtimoiy xizmat jarayonini to‘xtatgani yo‘q. Aksincha, aynan shunday sinovli pallada “Inson” markazlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarning mas’uliyati yanada oshgan.
[gallery-27342]
Har bir murojaat, har bir xonadon e’tibordan chetda qolmayapti. Ijtimoiy xodimlar fuqorolarga professional xizmatlar bilan birga xonadonlarga fayz va ishonch olib kiryapti.
Qor bilan qoplangan yo‘llar va past harorat sharoitlari xizmat jarayoniga xalal bermayapti. Aksincha, aynan shunday davrda ehtiyojmand qatlamda ijtimoiy yordamga ehtiyoj ortadi. Yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda doimiy parvarishga muhtoj fuqarolar bunga misol.
Ijtimoiy xizmat xodimlari bu insonlarninng og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish niyatida o‘z vazifalarini uzluksiz davom ettirmoqdalar.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA