Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘riqlash xizmati sifati yangi bosqichga ko‘tariladi
15:41 / 2026-01-05

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining 2026 yildagi birinchi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishlarda fraksiyalarning Prezident Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalari belgilanib, bir qator muhim qonun loyihalari qizg‘in muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida qo‘riqlash xizmatlari faoliyatiga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.  

Qayd etilganidek, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari ichki ishlar organlari tasarrufiga o‘tkazilgani va Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etilgani munosabati bilan bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.  

Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqish vakolatiga doir bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar endilikda Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash Departamenti mas’ul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilanmoqda.  

Qonun loyihasining qabul qilinishi amaldagi mavjud qonunchilik hujjatlarining tizimlashtirilishiga olib keladi. Shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldi olinishi va qo‘riqlash xizmatlari sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga hamda ob’ektlar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.  

Muhokamalarda fraksiya a’zolari o‘z taklif-mulohazalarini bildirdi va yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA