Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘riqlash faoliyatida IIV va Milliy gvardiyaning vakolatlari chegarasi aniqlashtirilmoqda
12:11 / 2026-01-20

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Qo‘riqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirishlar doirasida ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish va jazo qo‘llashga oid vakolatlar Ichki ishlar vazirligi huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalarining tegishli mansabdor shaxslariga berilmoqda.

[gallery-27215]

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar orqali qo‘riqlash faoliyati sohasida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning vakolatlari chegarasi aniq belgilanyapti.

Hujjat deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida takomillashtirildi. Xususan, Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi mas’ulligida ishchi guruh yig‘ilishlarida atroflicha muhokama qilinib, normalarni aniqlashtirishga, amaldagi qonunchilik bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Ta’kidlanganidek, loyihada belgilanayotgan normalar qo‘riqlash faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA