Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari “Funksional ko‘pkurash” sport turida bellashdi
17:05 / 2023-05-09

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohida, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi shahar va tuman qo‘riqlash bo‘limlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida sportning “Funksional ko‘pkurash” turi bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.  

Musobaqada shahar va tuman Qo‘riqlash bo‘limlari xodimlaridan iborat 14  jamoa murakkab mashqlar, turli estafetalarni o‘zida mujassam etgan 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.  

[gallery-11822]

Bellashuvlar avvalida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga  xavfsizlik qoidalari, shartlarni bajarish tartiblari tushuntirildi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar qizg‘in bahslarga kirishdi. O‘zaro do‘stlik, hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyatda kechgan musobaqa davomida xodimlarning jismoniy imkoniyatlari sinovdan o‘tkazildi.    

Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rin Termiz shahar Qo‘riqlash bo‘limi xodimlaridan iborat jamoaga nasib etdi. Qumqo‘rg‘on tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari ikkinchi, Termiz tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.  

G‘olib va sovrindor jamoalar Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom, medal, musobaqa kubogi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA