Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi
16:03 / 2023-09-11

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarini tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ularning mas’uliyatini oshirish, moddiy ta’minoti va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek, xodimlarning xizmat o‘tashini tashkil etish to‘g‘risida tegishli hujjatlar qabul qilingan. Mazkur hujjatlar bilan Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi saflarida xizmat qilib kelayotgan xodimlarni xar tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir kafolatlar ta’minlangan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Milliy gvardiya rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar, tizimda ta’lim jarayonlaridagi islohotlar, o‘qitish va malakali qadrlarni tayyorlash bo‘yicha ma’lumot berildi.  

Qayd etilishicha, sohadagi xodimlarning ijtimoiy himoyasi ularning sog‘lig‘ini saqlash, pul ta’minotini to‘lash, uy-joy bilan ta’minlash,  mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanishini ta’minlash, davlat pensiya ta’minoti,  davlat sug‘urtasi va  ijtimoiy yordam ko‘rsatish orqali ta’minlanadi.  

Hozirgi kunda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tarkibida xizmat qilib kelayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tarkibida xizmat qilib kelayotgan xodimlarning farzandlari uchun respublikamizda mavjud oliy ta’lim muasassalarining bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilinishi uchun kvotalar ajratilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.  

Joriy yilda xodimlarning farzandlari yozgi oromgohlarda maroqli dam olishlarini tashkil etish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Kamalak” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etildi. Ushbu oromgohda bolalarning yozgi ta’tillarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida 5 mavsumdan iborat dam olishlar tashkil etildi. Bundan tashqari respublikamizning barcha viloyatlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlarning 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan jami 750 nafar farzandi qabul qilinib, ularning bepul dam olishi tashkil etildi.  

Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak va boshqa moddiy texnik vositalar bilan ta’minlanib kelinmoqda. Shuningdek, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari yil davomida har chorak yakuni bo‘yicha pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi hamda yilda bir marotaba xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi.  

Bundan tashqari, xodimlarning ijtimoiy himoyasini yanada takomillashtirish maqsadida 2023 yilning aprel oyidan boshlab, eksterritorial tamoyili asosida xizmat qilayotgan ya’ni, xodimlarning doimiy yashash hududidan boshqa hududga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda eksterritorial sharoitda xizmat o‘tayotganliklari uchun xizmat qilayotgan joyida shaxsiy turar-joyga ega bo‘lmagan ofitserlar tarkibidagi xodimlarga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibi joriy qilindi.  

Harbiy-vatanparvarlik sinflarida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlarni “Temurbeklar maktablari”, harbiy-akademik litseylari, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun maqsadli va chuqurlashtirilgan holda tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.  

Milliy gvardiyada Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi va Harbiy musiqa akademik litseylari faoliyat yuritmoqda. Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘tgan 2022 yildan boshlab fuqarolarning ko‘plab murojaatlari inobatga olinib, qabul kvotasi 100 tadan 150 nafarga oshirildi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA