Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘rg‘ontepaliklar murojaati ijobiy hal etildi
21:16 / 2022-12-16

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida 2020 yilning 1 may kuni sodir bo‘lgan falokat, ya’ni suv ombori o‘pirilishi natijasida tumanning ko‘plab gidrotexnik inshootlari jiddiy zarar ko‘rgan edi. Xususan, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ariq va latoklarvayron bo‘lib aholining tomorqalarini oqar suv bilan ta’minlash to‘xtab qolgan edi.

Joriy yilning 26 oktyabr kuni suv xo‘jaligi vaziri Sh.Hamroyev Sardoba tumanida sayyor qabul o‘tkazgan vaqtida Qo‘rg‘ontepa MFY aholisining xaqli murojaatini e’tiborsiz qoldirmadi. Suv xo‘jaligi vazirining topshirig‘iga ko‘ra,  tuman hududidan oqib o‘tuvchi KTV-1a-u-1 sug‘orish tarmog‘idan Qo‘rg‘ontepa MFY ekin maydonlarini sug‘orishga yo‘naltirilgan, zarar ko‘rgan latoklarni yangilashga kirishildi.  

Ushbu rekonstruksiya ishlari “Ko‘chmas nur” MCHJ quruvchilari tomonidan olib borilmoqda. Hozirgi kungacha ish hajmining 30 foizi amalga oshirildi. Latoklarni o‘rnatish ishlari yakunlangach, Qo‘rg‘ontepa MFYda yashovchi 193 ta xonadon tomorqalari va tumanning G‘.G‘ulom xududidagi 120 gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari oqar suv bilan ta’minlanadi.

– Suv xo‘jaligi vaziri mahallamizda sayyor qabul o‘tkazib,  hududdagi zararlangan latoklarni yangilab berishga va’da qilgan edi.U kishi so‘zining ustidan chiqdi. Hozir zararlangan latoklar yangisiga almashtirilmoqda. Mahallamiz aholisi bundan juda minnatdor, – deydi  mahalla faxriysi Toshpo‘lat Xo‘jaqulov.

Shuhrat Suyarov, O‘zA