Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘rg‘ontepada "Onalar bog‘i" barpo etilmoqda
15:24 / 2023-04-03

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Andijon viloyatida ko‘chat ekish, yashil hududlarni barpo etish borasidagi ishlar qizg‘in davom etmoqda. Mazkur jarayonda nuroniylar, xotin-qizlar ham faol qatnashmoqda.

Qo‘rg‘ontepa tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tuman mahallalarida ish olib borayotgan Xotin-qizlar faollari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan "Onalar bog‘i" ga nuroniy onaxonlarning duolari bilan mevali, manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari o‘tqazildi.

[gallery-11254]

– Ko‘chat ekish, yurtni obod qilish xayrli va savobli ish, – deydi Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zilolaxon Rahmonova. – Maqsadimiz, yurtimizda yashil hududlarni barpo etishdek xayrli ishga, yurtni yanada obod qilishga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shish.

Barpo etilayotgan “Onalar bog‘i” ga ko‘chat ekish jarayonida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, ko‘chatlar o‘tqazdi. Opa-singillarimiz, onaxonlarning xayrli tashabbusiga yuqori baho berdi.

F. Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA