Qorga burkangan Toshkent
FOTOREPORTAJ
Qor yoqqanida Toshkent ko‘chalari yanada jozibali tus oladi. Oq parchalar osmondan sekingina tushib, shaharni shovqin-surondan tozalayotgandek. Daraxtlar oppoq libos kiyganday, binolar esa qishning sokin nafasini his qilayotgandek tuyuladi.
[gallery-27254]
Bu onlarda ko‘chalardagi shoshilish pasayadi, har bir qadam mulohaza bilan qo‘yiladi. Qor ostida qolgan Toshkent odatdagidan ham yorqinroq, ham iliqroq seziladi. Go‘yo shahar qish bilan birga odamlarni ham bir lahzaga to‘xtab, atrofga diqqat bilan nazar tashlashga chorlayotgandek.
Sarvar O‘RMONOV (surat) O‘zA