Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qorbobo “Prezident sovg‘alari”ni poyezdda olib keldi
11:50 / 2025-12-23

Yangi yil bayramini bolajonlar intiqlik bilan kutadi. Ertak qahramonlari ishtirokidagi sarguzashtlar, Qorbobodan sovg‘a olish ularga zavqu shavq ulashadi. Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, “Mehrli maktab” o‘quvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida vafot etgan huquq-tartibot idoralari xodimlarining hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari uchun ham bu bayram unutilmas onlari bilan qadrli. Chunki, ular uchun turli shirinliklar, o‘quv qurollari jamlangan “Prezident sovg‘alari” topshiriladi.

Bu yilgi Yangi yil bayramida Samarqand viloyatidagi 1055 nafar bola “Prezident sovg‘alari”ni oladi. Ular uchun jo‘natilgan bayram sovg‘alari Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat mas’ullari tomonidan tantanali kutib olindi. Davlatimiz rahbarining bolalarga yo‘llagan Yangi yil bayrami tabrigi, kitoblar to‘plami, o‘quv qurollari, yumshoq o‘yinchoqlar, didaktik o‘yinlar to‘plami va boshqa tuhfalardan iborat “Prezident sovg‘alari” tuman va shaharlarga belgilangan tartibda jo‘natildi. Ushbu sovg‘alar joylarda o‘tkaziladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida o‘z egalariga tantanali ravishda topshiriladi.

[gallery-26859]

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat) O‘zA muxbirlari