Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qorbobo karvoni” bolajonlarga quvonch ulashmoqda (+video)
13:39 / 2024-12-30

Aholiga, yoshlarga, ayniqsa, bolajonlarga bayramona xush kayfiyat ulashish maqsadida tashkil etilgan “Qorbobo karvoni” Jizzax vohasining barcha hududlaridagi bolajonlarga haqiqiy bayram shukuhini taqdim etmoqda.

Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar barcha sohalarda o‘zining yorqin samaralarini berayotir.Yoshlar, ayniqsa, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga, ularning ilmli, barkamol avlod bo‘lib kamol topishiga hukumat darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda.Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda.  

Yangi yil bayrami shukuhi yurtimiz bo‘ylab kezib yurgan bugungi shodiyona kunlarda Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi 365 nafar bolajonga Prezidentimiz tomonidan yuborilgan maxsus yangi yil sovg‘alari topshirildi.Shuningdek, 2 ming nafardan ortiq maxsus maktab-internat o‘quvchisi, shifoxonalarda davolanayotgan bolalar holidan xabar olinib, ular ham yangi yil sovg‘a-salomlari bilan siylanganini shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

O‘quvchilarning  qishki ta’tili  boshlangandan buyon Jizzax shahri hamda har bir tuman markazlariga o‘rnatilgan yangi yil archalari atrofida qorbobo, qorqiz va turli ertak qahramonlari ishtirokida bolajonlar uchun har kuni teatrlashgan bayram dasturlari namoyish etilmoqda.

Viloyat markazi – Jizzax shahridagi  Mustaqillik maydoniga o‘rnatilgan yangi yil archasi maydonchasiga  “Qorbobo  karvoni”ning kelishi, bayramga kelgan bolajonlarga sovg‘a-salomlar ulashishi murg‘ak qalblarga olam-olam quvonch bag‘ishladi.

Yangi yil archalari atrofidagi bayram dasturlari hamda “Qorbobo karvoni” Jizzax vohasi bo‘ylab bolajonlarga quvonch ulashishda davom etmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6bzt9I9kHwE" title="“Qorbobo karvoni” jizzaxlik bolajonlarga quvonch ulashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Qayumov (video), O‘zA muxbiri