Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Qoratov» haqida nimalar bilasiz?
17:12 / 2019-05-23

FOTOFAKT


Xalq tilida «Qoratov» deb ataluvchi Sultonuvays tog‘ koni Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubida, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘i, Nukus-To‘rtko‘l avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan. 40 – 45 kilometrga cho‘zilgan tog‘ning eng baland cho‘qqisi 475 metr. 

Sultonuvays tog‘i g‘arbga qarab pasayib bir-biridan ajralgan Shayx, Jeyli, Zangbobo, Jumurtog‘ kabi balandliklarni hosil qiladi. Tog‘ konining shimoliy tarafi Qizilqumga tutashib ketgan. Hududning iqlim sharoiti keskin kontinental. Bu yerda qirq bo‘yin, qorabaroq, adiraspan kabi qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarni uchratish mumkin.

Sultonuvays tog‘ining tabiiy o‘tloqlari asosan chorvachilik uchun juda qulay. Yillik yog‘ingarchilik miqdori kam bo‘lganidan bu yerda doimiy oqar suvlar deyarli uchramaydi. Tog‘ konida tabiiy yer osti qazilma boyliklari juda ko‘p. Masalan, «Tebinbuloq» konidan titan va temir rudalari topilgan. Shuningdek, hududning boshqa joylarida geologik ilmiy tadqiqotlar natijasida fosforit, granit va gips zaxiralari ko‘p miqdorda aniqlangan.


3.JPG

9.JPG

11.JPG

12.JPG

13.JPG