Qoraqalpoq, turkman va ingliz folklori allalarining qiyosiy-tipologik tahlili
Gulmira Qonaqbay qizi KEULIMJAEVA mustaqil izlanuvchi Qoraqalpoq davlat universiteti Nukus, Qoraqalpog‘iston gulmirakeulimjaeva97@gmail.com
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Maqolada qoraqalpoq, turkman va ingliz folklori allalarining qiyosiy-tipologik tahlili bayon etilgan. Tadqiqotda allalarning didaktik funksiyasi, ezgu niyat, ilohiy shukronalik va kelajakka umidvorlik motivlari qiyosiy o‘rganilgan. Muallif har uch xalq folkloridagi o‘xshash jihatlarni aniqlash bilan birga, ularning milliy-madaniy o‘ziga xosliklarini ham ochib bergan. Xususan, qoraqalpoq allalaridagi shajara motivi va ingliz allalaridagi xavf-xatar (ehtiyotkorlik) elementlari alohida tahlil qilingan.
Tayanch so‘zlar: folklor, alla, didaktika, qiyosiy tahlil, qoraqalpoq folklori, turkman folklori, ingliz folklori, tipologiya, motiv, shajara.