FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi o‘zining 93 yillik tarixiga ega.
Muzey dastlab To‘rtko‘l tumanida tashkil etilgan bo‘lib, O‘lkashunoslik muzeyi nomi bilan yuritilgan. 1944 yilda Nukusga ko‘chirilgan. Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi arafasida moziydan so‘zlovchi ushbu maskan zamonaviy yangi binoga ega bo‘ldi. Muzeyning Ellikqal’a va Mo‘ynoq tumanlarida filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
[gallery-7116]
bugungi kunda muzeyning etnografiya, tabiat, arxeologiya, hunarmandchilik, yangi tarix va fotografiya fondlarida jami 90 mingdan ziyod eksponat saqlanmoqda.
– Muzeyimizning ekspozitsiya zaliga tashrif buyuruvchilar Orolbo‘yi o‘lkasi tabiati, hududdagi arxeologik va madaniy yodgorliklar, qoraqalpoq xalqining tarixi, milliy etnografiyasi haqida keng ma’lumotga ega bo‘ladi, - deydi muzey direktori o‘rinbosari Saniya Boybo‘sinova. – Shuningdek, muzeyda taniqli adib va san’at arboblari, mehnat qahramonlariga taalluqli noyob ashyolar hamda yozma ma’lumotlar mavjud.
Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA