Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpoq o‘tovi ham YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi
14:38 / 2025-12-11

Avval xabar berganimizdek, Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi XX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasidan taqdim etilgan “Qo‘biz va jirov ijrochilik san’ati” (milliy) nomzodi YUNESKOning zudlik bilan muhofazaga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros elementlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qarori bir ovozdan qabul qilingan edi.

Nyu-Dehli shahridan yana bir xushxabar keldi. Mazkur sessiyada qoraqalpoq o‘tovi ham YUNESKOning zudlik bilan muhofazaga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros elementlari ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu xalqaro miqyosdagi e’tirof an’analarimizning naqadar teranligi, ma’naviy merosimizning qudrati va avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tasdiqlaydi.

Ta’kidlash joizki, o‘tov - qoraqalpoq xalqining bunyodkorlik madaniyati, uy-joy qurilishi va me’morchilik bilimlari jamlangan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy merosidir. U 6,8,12 qanotli bo‘lib, boshqa xalqlar o‘tovlaridan ajralib turadi. Albatta, YUNESKO sessiyasi davomida “Qo‘biz va jirov ijrochilik san’ati” hamda qoraqalpoq xalqining o‘tovi YUNESKOning nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani xalqimizning ko‘nglini cheksiz quvonchga to‘ldirmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri