Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpoq milliy kiyimlari Dubayda namoyish etildi
19:43 / 2022-03-24

Joriy yil 17-19 mart kunlari  xalqaro moda haftaligi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan “International fashion week Dubay” festivalida qoraqalpog‘istonlik Dilnaz Adilchayeva  va Indira Jumabayevalar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Festivalda xalqaro toifadagi dizayner Dilnaz Adilchayeva  “Sawkele Boutique atelye” brendi,  yosh dizayner Indira Jumabayeva esa “Indi Fri couture” bpkelm bilan dunyo hamjamiyatiga qoraqalpoq milliy kiyimlarini namoyish etidi.

–Tadbirda Orol fojiasini va uni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni milliy va zamonaviy liboslar orqali namoyish etishga harakat qildim, –deydi festival ishtirokchisi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Indira Jumabayeva. –Bunday tadbirlar, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida milliy urf odatlarimiz hamda kiyinish madaniyatini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qoraqalpog‘istonlik dizaynerlar tomonilan taqdim etilgan kolleksiya ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi va munosib baholandi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri