Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpoq davlat universitetida Amerika resurs markazi tashkil etildi
10:49 / 2021-11-27

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi homiyligida Amerika resurs markazi tashkil etildi.

Markaz ochilishida Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, professor A.Reymov va xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Uilyam O’Roark Orolbo‘yi oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasidagi istiqboldagi hamkorlikka to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, Amerika resurs markazi talabalarga haqiqiy ingliz muhitida bilim olishda va dunyoqarashini kengaytirishda katta imkoniyat beradi. Xorijiy tillar fakulteti talabalari uchun bu juda katta imkoniyat bo‘ldi.

Tadbir yakunida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashining mamlakatimizdagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA