Qoraqalpog‘istonliklar xalqaro turnir g‘olibi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol akademiyasining 2013-yilda tug‘ilgan o‘smir yoshlari Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilgan “Afim winter cup” U 13 xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi.

So‘nggi tur o‘yinida Qoraqalpog‘iston futbol jamoasi Andijon viloyatining “Spartak Andijon” klubi tarbiyalanuvchilari bilan o‘zaro o‘yinga tushdi. Musobaqa g‘olibligini aniqlovchi ushbu o‘yinda ular raqibi darvozasiga javobsiz 15 ta gol kiritdi va turnirning bosh sovrini bilan taqdirlandi.
Musobaqa yakunida turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi bosh murabbiysi Jetkerbay Qayipnazarov “Eng yaxshi murabbiy”, Farrux Arazgeldiyev esa “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.