Qoraqalpog‘istonlik Zulfiyaxonim izdoshlari saralandi
FOTOREPORTAJ
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Nukus filialida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralashning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shahar bosqichlarida yuqori ball to‘plagan jami 108 nafar iqtidorli qiz ishtirok etdi.
[gallery-26441]
Komissiya a’zolari ishtirokchilarni asosiy sakkizta yo‘nalish – adabiyot, ta’lim, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha erishgan yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlari, bilim va qobiliyatini nizom qoidalariga muvofiq baholadi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatgan talabgorlar keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA