Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar “Beshbuloq-Surxon-Sherobod”da dam olmoqda
16:51 / 2022-07-25

FOTOREPORTAJ

Termiz temir yo‘l vokzalida qoraqalpog‘istonlik 100 nafar o‘g‘il-qiz tantanali kutib olinib, “Beshbuloq-Surxon-Sherobod” oromgohiga kuzatildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan ayni paytda qoraqalpog‘istonlik o‘g‘il-qizlar yozgi ta’tilni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Beshbuloq-Surxon-Sherobod” bolalar oromgohida o‘tkazmoqda. So‘lim va bahavo go‘shada joylashgan maskanda Orolbo‘yidan kelgan bolalarni maroqli dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

[gallery-8035]

- Oromgohimizda Qoraqalpog‘istondan kelgan o‘g‘il-qizlarni mazmunli dam olishi, ularning har bir kunini o‘ziga xos, ko‘ngilli o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, - deydi “Beshbuloq-Surxon-Sherobod” bolalar oromgohi rahbari Ilhom Shaymatov. - Bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun puxta tadbirlar rejasini ishlab chiqilgan bo‘lib, mavsum davomida turli davra suhbatlari, qiziqarli uchrashuvlar, intellektual o‘yinlar, viktorinalar hamda sport musobaqalari o‘tkaziladi. Ishonch bilan ayta olamanki, qoraqalpog‘istonlik yoshlar o‘z uylariga “Beshbuloq-Surxon-Sherobod”dan unutilmas taassurotlar bilan qaytishadi.

Shuningdek, bu yerda bolalarning bilim va mahoratini oshirishi uchun futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol, tasviriy san’at, raqs, adabiyotshunoslar, rus va ingliz tili kabi to‘garaklar tashkil etilgan. O‘quvchi yoshlar o‘zlari istagan to‘garaklarda tengdoshlari bilan birga ishtirok etib, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashi uchun keng imkoniyatlar  yaratilgan.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA