Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonlik sportchi ayollar tantanali kutib olindi
10:29 / 2022-09-13

Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan regbi-7 bo‘yicha mamlakat kubogi bellashuvida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ayollar jamoasi a’zolari Nukus temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.

Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Nukus shahar hokimligi mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, sportchilarni qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan muborakbod etdi. Jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

– Qoraqalpog‘istonlik ayollar jamoasi beshinchi bor kubokni qo‘lga kiritib, mamlakatimizda tengsiz ekanligini yana bir marta isbotladi, – deydi bosh murabbiy Anton Mixaylov. – bugungi kunda 11 nafar o‘yinchimiz O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Endi ular joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘radi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA