Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonlik qizlar kubok sohibasi bo‘ldi
14:46 / 2025-02-24

Basketbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida Qoraqalpog‘iston jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Nukus temir yo‘l vokzalida g‘olib jamoa a’zolari va murabbiylar tantanali kutib olindi. 

Jamoa bosh murabbiysi Jamiyla Baymuratovaning ta’kidlashicha,  qoraqalpog‘istonlik qizlar Navoiy, Namangan, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatining “OTMK” jamoalaridan ustun keldi va O‘zbekiston kubogi sohibasiga aylandi. 2025 yil jamoa uchun omadli boshlandi va ilk marta g‘olib bo‘lishga muyassar bo‘ldi. Musobaqa yakunida Qoraqalpog‘iston jamoasi tarkibidan 6 nafar o‘yinchi mamlakatimiz terma jamoasi yig‘iniga taklif qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri