French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonlik o‘qituvchilar Ozarbayjonda malaka oshirmoqda
16:58 / 2025-10-16

Joriy yilning 12-19 oktyabr kunlari Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining Guba shahridagi filialida “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalari: xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim modellari” mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu malaka oshirish dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari - Bayram Utemuratov, Gulmari Smaylova, Ixtiyor Utepov va Tumaris Aymuhammedovalar ishtirok etishmoqda.  

Mazkur xalqaro o‘quv seminari doirasida tinglovchilarga ta’lim sohasida olib borilayotgan ilg‘or xalqaro tajribalar, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy STEAM texnologiyalarining o‘quv jarayoniga integratsiyasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda. Shuningdek, inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati, uni samarali tashkil etish mexanizmlari va xorijiy davlatlar tajribasida qo‘llanilayotgan ilg‘or metodlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Darslarda raqamli vositalardan foydalanish va inklyuziv ta’lim bo‘yicha chuqur bilim berilmoqda. Jumladan, so‘nggi mashg‘ulotlarda STEAM yondashuvi, loyiha asosida ta’lim va inklyuziv muhitda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Dastur davomida innovatsion ta’lim usullari, raqamli texnologiyalardan foydalanish va inklyuziv muhitda samarali dars tashkil etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, Guba shahridagi Soyqırımı memorial majmuasida “Muzey va qo‘riqxonalarning yosh avlod ma’rifatidagi o‘rni” mavzusida trening va ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri