English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonlik bolalar “Beshbuloq”da dam olmoqda
14:55 / 2025-07-16

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidan kelgan 7–14 yoshdagi 101 nafar o‘g‘il-qiz Termiz temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Abdukarim Ahmedov  va boshqalar o‘quvchi-yoshlarning yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini yuksak saviyada o‘tkazish, har bir bola maroqli hordiq chiqarishini ta’minlash yo‘lida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

[gallery-24337]

Jumladan, bir necha yildirki, taxiatoshlik bolalarning yozgi ta’til davrida Sherobod tumanidagi “Beshbuloq” bolalar oromgohida dam olishi an’anaga aylandi. Bu galgi tashrif ham ana shu an’ananing izchil davomi bo‘ldi.

Bolajonlar avval Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohida mehmon bo‘ldilar. Ular oromgohdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishib, tengdoshlari bilan suhbatlashdilar. Shundan so‘ng “Beshbuloq” oromgohiga yo‘l olishdi.  

Taxiatoshlik bolalar “Beshbuloq”da 12 kunni unutilmas taassurotlar bilan o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA