Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonga “Prezident sovg‘alari” yetib keldi
16:26 / 2025-12-22

Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, “Mehrli maktab” o‘quvchilari, ota-onasining qarovisiz qolgan, ota-onalari vatanimiz chegaralarini himoya qilishda qurbon bo‘lgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari uchun “Prezident sovg‘alari” Qoraqalpog‘istonga yetib keldi.

3 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari” tarkibida davlatimiz rahbarining bolalarga yo‘llagan Yangi yil bayrami tabrigi, kitoblar to‘plami, kanselyariya buyumlari, yumshoq o‘yinchoqlar, didaktik o‘yinlar va boshqa sovg‘alar bor.

Prezident sovg‘alari Orolbo‘yining barcha shahar va tumanlaridagi bolalarga 25 dekabr kuni tantanali ravishda topshiriladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri