Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonga Misrdan 660 million dollar investitsiya jalb qilinadi
18:20 / 2025-05-26

Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklariga amaliy tashrifi doirasida O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev va Misrning “Bell Energy” kompaniyasi boshqaruv raisi Haysam Husayn o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Amaliy ruhda o‘tgan muzokaralar davomida Qoraqalpog‘istonning investitsiya salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, shuningdek, qo‘shma xalqaro loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, “Bell Energy” va uning biznes hamkorlari o‘rtasida umumiy qiymati 660 million dollarga teng beshta o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjatlar neft mahsulotlari uchun yer osti omborlarini qurish, “Qayraqtosh” oltin konini ishlab chiqish, chiqindilardan energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, bioetanol va aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun bambuk plantatsiyalarini yaratish, bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning farovonligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihani ishga tushirish kabi qator yirik tashabbuslarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Tomonlar har bir loyiha bo‘yicha texnik parametrlar va moliyaviy shartlarni batafsil ishlab chiqishga kelishib oldi. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA