Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istondagi qurilish ob’ektlariga loyiha tayyorlab berayotgan korxona
06:37 / 2022-08-04

FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi “Arxangle Group” mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy faoliyati yangi qurilish ob’ektlari loyihalarini ishlab chiqishga qaratilgan.

[gallery-8139]

2016 yilda tashkil etilgan korxonaning bir qancha loyihalari Qoraqalpog‘istonning yirik qurilish ob’ektlarida qo‘llanilgan. Xususan, Nukus shahridagi 3 ta ko‘p qavatli turar joy, Xo‘jayli tumanidagi Logistika markazi, 4 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish davlat dasturiga asosan qurilgan kurant, trikotaj fabrikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi chorvachilik majmuasi, Kegeyli va Chimboy tumanlaridagi “Motamsaro ona” monumenti kabi ob’ektlar MCHJning tajribali mutaxassislari tomonidan tayyorlangan loyihalar asosida qurilgan. 

Joriy yilda Qonliko‘l, Kegeyli va Qorao‘zak tumanlarida qurilayotgan jami 19 ta ko‘p qavatli turar joy ob’ektlarining loyihasiga ham ushbu korxona jamoasi mualliflik qilgan.



O‘zA fotomuxbiri
Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar