Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istondagi favqulodda holat tartiblari yengillashtirildi
12:39 / 2022-07-14

Ma’lumki, shu yilning 13 iyul kuni davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi favqulodda holat tartiblarini yengillashtirishni nazarda tutadigan vazifalar belgilangan.

Shundan kelib chiqib, bugun 14 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi farmonini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. 

Mazkur farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bandidagi “soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar” so‘zlari “soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar” so‘zlari bilan almashtirilmoqda. 

Fikr-mulohazalardan so‘ng kun tartibidagi masala tasdiqlandi va Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori qabul qilindi. 

M.Komilova,  O‘zA