French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoraqalpog‘istonda xalqaro va ichki avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi
13:00 / 2022-08-26

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasi davom etmoqda.

Qoraqalpog‘istonda infratuzilmani rivojlantirishdagi muammolardan kelib chiqib, Prezident mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga:

– “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo‘lining To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlaridan o‘tgan qismini rekonstruksiya qilishga 160 million dollar jalb etish;

– ta’mirtalab bo‘lgan 1 ming 500 kilometr suv tarmoqlari, 150 dan ziyod quduq, nasos va suv stansiyalarini ta’mirlash;

–Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlarini qurish;

–128 ta transformator, 7,5 mingta simyog‘och ustunlarini almashtirish;

– Qoraqalpog‘istonning har bir shahri va tumanida Ichki yo‘llarni ta’mirlash uchastkalari tashkil etish, ularga yetarli shtat, zarur mablag‘ va texnikalar ajratish;

– ikki oy muddatda Qoraqalpog‘istonda xalqaro va ichki avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishga topshiriq berdi.



O‘zA